permafrost

Doimiy muzlagan gruntning xalqaro miqyosda qoʻllaniladigan nomi. U inglizcha permanent (doimiy) va frost (ayoz, muz) soʻzlarining qoʻshilishidan kelib chiqqan. Bu tarkibidagi suv yil davomida toʻliq yoki qisman muzlagan holda boʻladigan, qalinligi oʻzgaruvchan grunt qatlami - tuproq, tosh yoki ikkalasining aralashmasi, shuningdek, organik moddalardan iborat -. Permafrost Yerning yozgi isish gruntdagi muzni toʻliq eritishga qodir boʻlmagan sovuq joylarida mavjud. Odatda yillik muzlash-erish sikli taʼsiridagi sirt qatlami ostida doimiy muzlagan gruntning tagidagi qatlami joylashgan. Soʻnggi oʻn yilliklarda shimoliy yarimsharning yuqori kengliklarida (global isish eng kuchli namoyon boʻlayotgan joylarda) kuzatilayotgan harorat koʻtarilishi gruntdagi muzning mavsumiy erishi tobora chuqurroq qatlamlarga yetib borishiga sabab boʻlmoqda. Bu holat atmosferaga katta miqdorda metan va CO2 ajralib chiqishiga olib keladi.