qirov guli
Muayyan atrof-muhit sharoitlarida dengiz muzi (dreyfdagi muz) qatlamida hosil boʻladigan, gul shaklidagi ajoyib qirov tuzilmasi. Hodisa muzlagan yuzadagi mayda yoriq va boʻshliqlar orqali chiqib ketishga ulgurgan suv bugʻidan kelib chiqadi. Agar u bilan tutashgan havo juda sovuq - –22°C atrofidagi haroratda - va sokin boʻlsa, suv bugʻining sublimatsiyasi sodir boʻladi va gul rivojlanadi. Ushbu suzuvchi muz qatlamidagi tuz zarrachalari muzlash yadrolari vazifasini bajarib, bu goʻzal tuzilmani tashkil etuvchi qirov kristallariga tayanch boʻladi. Dreyfdagi muzning gʻadir-budurligi ham bunga hissa qoʻshadi. Qirov gullarining oʻziga xos xususiyatlaridan biri ularning shoʻr boʻlishidir, dengiz suvining bevosita muzlashidan hosil boʻlgan muzda esa bunday boʻlmaydi. Qirov gullari yakka-yakka emas, balki ancha katta maydonni egallaydigan oʻtloqlar hosil qilib paydo boʻladi. Ular Arktikada ham, Antarktidada ham, shuningdek, ayrim chuchuk suvli koʻl va hovuzlarning muzlagan yuzasida ham qayd etilgan.