Avliyo Elmo olovi
Havo kuchli ionlashgan paytda uchli jismlardan taraladigan, past intensivlikdagi toj (korona) effektli yorugʻ razryaddan iborat elektr meteori. Uning eng keng tarqalgan koʻrinishi kichik koʻkimtir alanga boʻlib, baʼzan qizgʻish yoki binafsha tus oladi. Odatda chirsillagan tovush bilan birga kechadi. U samolyot boʻron (momaqaldiroq) ichidan uchib oʻtayotganda kabina oynasida, qanotlarning old qirralarida va propellerlarida hosil boʻladi. Yer sirtida esa yashinqaytargichlar, antennalar, moʻrilar, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tayanchlari va anemometr minoralarining uchlarida paydo boʻladi. Avliyo Elmo olovi yelkanli kemalarning machtalari uchida ham yuzaga keladi, bu esa dengizchilar orasida koʻplab afsonalarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Tarixan dengizchilar tomonidan yomon alomat deb hisoblangan boʻlsa-da, buning aksi boʻlgan eʼtiqod ham mavjud, chunki uning paydo boʻlishi hodisaga oʻz nomini bergan homiy avliyoning boʻronning eng yomon qismi ortda qolganini bildiruvchi belgisi sifatida talqin qilina boshlagan. Tilga olingan avliyo Formiyalik Erazm (†303) boʻlib, u vafotidan soʻng Avliyo Elmo – ispanchada «san Telmo» – ga aylangan. U dengizchilar va skripkachilarning homiy avliyosidir.