botiq
Yer sathidagi past bosim egati yoki chuqurligiga oʻxshash izobarik konfiguratsiya boʻlib, atmosferaning bosim nisbatan past boʻlgan, yopiq sirkulyatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan hududiga toʻgʻri keladi. Botiq choʻkkan hudud yoki vodiy boʻlganidek, mazkur holatda bosim maydoni ham shunga oʻxshash choʻziq shaklga ega boʻladi. Yuqori qatlam xaritasida u egilgan tomoni past bosim markazi tomon yoʻnalgan xarakterli V shakliga ega. Uning oʻqi - botiqning qavariq qismini (V ning uchini) depressiya markazi bilan tutashtiruvchi xayoliy chiziq boʻlib, u odatda botiqning oʻz harakat yoʻnalishiga nisbatan ogʻgan boʻladi. Konseptual jihatdan botiqlarni qutb hududlaridan subtropik mintaqaga tushadigan sovuq havoning katta meandrlari deb hisoblash mumkin; ular - tizmalar kabi - Yerning har bir yarimsharini oʻrab turgan yirik atmosfera toʻlqinlarining (Rossbi toʻlqini) bir qismini tashkil etadi. Botiqning old qismida (sovuq havo chiqadigan hudud) siklogenez uchun qulay sharoit yuzaga keladi; bu atmosferaning yaqqol beqarorligi zonasi boʻlib, u yerda konveksiya rivojlanishga moyil boʻladi va momaqaldiroq faolligini keltirib chiqaradi.
Bog‘liq atamalar: botiq (yer sathida), botiq chizigʻi