shiddatli pastlama oqim

Kumulonimbus (momaqaldiroq buluti) ichida paydo boʻladigan kuchli pastga yoʻnalgan havo oqimi boʻlib, u yerga shiddat bilan urilib, tashqariga - barcha yoʻnalishlarda - tarqalishi natijasida halokatli oqibatlarga olib keluvchi juda kuchli shamollarni vujudga keltiradi. Shiddatli pastlama oqimlarning uch turi ajratilgan: 1) iliq pastlama oqim (issiqlik portlashi), Yer yuzasi yaqinida havoning sezilarli isishiga va atrof-muhit namligining keskin pasayishiga sabab boʻladigan oqim; 2) nam pastlama oqim, u yogʻinlar (momaqaldiroqli jalalar) bilan birga kechgani uchun shunday ataladi. Tushayotgan yomgʻir tomchilari va/yoki doʻl donalari tomonidan sovuq havoning ergashtirib olib ketilishi pastga yoʻnalgan oqimni vujudga keltiruvchi asosiy sababdir; va 3) quruq pastlama oqim, yogʻinsiz. Bu oxirgi holatda yomgʻir, qor yoki doʻl yerga yetib kelishidan oldin bugʻlanadi/sublimatsiyalanadi.