geosmin

Streptomyces coelicolor bakteriyasi hamda tuproqda mavjud boʻlgan baʼzi sianobakteriyalar va zamburugʻlar tomonidan ishlab chiqariladigan, yer namlanganda havoga ajraladigan kimyoviy modda. U yomgʻir quruq yerga tushganda seziladigan oʻziga xos hid uchun asosan javobgardir. Tomchilarning yerga urilishi biz sezadigan hidli moddalarning atmosferaga oʻtishiga sabab boʻladi. Atama qadimgi yunon tilidan olingan boʻlib, «yer hidi» degan maʼnoni anglatadi.

Bog‘liq atamalar: petrikor