Duglas dengiz shkalasi
Dengizning turli holatlarini toʻlqinlar kattaligiga koʻra 0 dan 9 gacha tasniflovchi raqamli shkala. Uni ingliz vitse-admirali ser Genri Persi Duglas (1876-1939) 1919-yilda, Britaniya Qirollik harbiy-dengiz flotining Gidrografiya xizmatiga rahbarlik qilgan davrida yaratgan. Shkalaning quyi chegarasida 0-ball sokin yoki tekis, toʻlqinsiz dengizga mos keladi. Yuqori chegarasida esa 9-ball balandligi 14 metrdan ortiq toʻlqinli ulkan dengizga (sic) mos keladi.
Bog‘liq atamalar: dengiz holati