ozon tuynugi

Bu ibora 1980-yillarning oxirida Antarktida tepasida ozon molekulalarining ommaviy yemirilishi aniqlanganidan soʻng mashhur boʻla boshlagan. Tilga olingan tuynuk aslida ozonosferaning ozon konsentratsiyasi sezilarli darajada past boʻlgan ulkan hududi boʻlib, u asosan janubiy yarimshar bahorida (sentyabr-oktyabr-noyabr) Antarktida materigi ustida yuzaga keladi. Ozonning ushbu mavsumiy yoʻqotilishi tabiiy va antropogen omillar (XFU) majmuasi bilan bogʻliq.