millibar
1000 bariyaga teng bosim birligi. Bariya (bar) SGS (santimetr-gramm-sekund) tizimidagi bosim birligidir. Taʼrifga koʻra, bir bariya bir dina (1 din) kuchning bir kvadrat santimetr yuzaga koʻrsatadigan bosimiga teng (1 bariya = 1 din/sm2). Bir bariya bir barning milliondan biriga teng boʻlib, oʻz navbatida Xalqaro birliklar tizimidagi (SI) bosim birligi boʻlgan paskalning (Pa) oʻndan biriga tengdir. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, bir millibar (1 mb) bir gektopaskalga (1 gPa) [yuz paskal] teng. Bu tenglik (1 mb = 1 gPa) yer usti xaritasidagi izobaralar qiymatlarini millibar yoki gektopaskalda farqsiz ifodalash mumkinligini anglatadi. SI ning SGS oʻrniga asta-sekin joriy etilishi tufayli gektopaskal millibarga nisbatan tobora koʻproq qoʻllanilmoqda, millibar esa asta-sekin isteʼmoldan chiqmoqda.
Bog‘liq atamalar: atmosfera bosimi, bariya