bariya
SGS (santimetr-gramm-sekund) tizimidagi bosim birligi boʻlib, bir kvadrat santimetr yuzaga bir dina kuch taʼsir etganda hosil boʻladigan bosimga teng (1 bariya = 1 din/sm2). U bir barning milliondan biriga hamda bir millibar (mb) yoki gektopaskalning (gPa) mingdan biriga teng.
Bog‘liq atamalar: millibar