izobara
Muayyan yuzada atmosfera bosimining bir xil qiymatiga ega nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq. Izobaralar chizilgan sinoptik xaritalarda tanlangan yuza oʻrtacha dengiz sathi boʻladi, shuning uchun bu xaritalarda (yer usti yoki izobarik xaritalar) shu sathdagi gorizontal bosim maydoni - uning fazoviy taqsimoti - tasvirlanadi. Izobaralar muntazam oraliqlarda, odatda har 4 yoki har 5 gektopaskalda chiziladi.
Bog‘liq atamalar: ob-havo xaritasi