joyning dengiz sathidan balandligi
Oʻrtacha dengiz sathidan Yer yuzasida joylashgan nuqta, qoʻzgʻalmas obyekt yoki sathgacha oʻlchanadigan vertikal masofa. Bu tushuncha koʻpincha balandlik (altituda) tushunchasi bilan chalkashtiriladi; altituda faqat atmosferadagi moʻljal sathlariga yoki atmosferada joylashgan nuqta yoki obyektga, masalan, zond-shar yoki samolyotga nisbatan qoʻllanilishi kerak. Quruqlikdagi joy uchun uning altitudasini emas, balki dengiz sathidan balandligini aytish toʻgʻri boʻladi.