Chinuk
Asosan janubi-gʻarbdan esadigan, fyon effekti tufayli quruq va oʻta qizigan shamol boʻlib, u Qoyali togʻlarning (AQSh) sharqiy yonbagʻrida, shamolga teskari tomonda esadi. Uning boshlanishi haroratning sezilarli koʻtarilishiga sabab boʻladi. U oʻz nomini AQShning shimoli-gʻarbiy Tinch okeani sohili mintaqasida, Kolumbiya daryosi boʻylab yashagan hindu qabilalaridan olgan, biroq xalq orasida «qor yutuvchi» (snow eater) nomi bilan mashhur.