irizatsiya
Quyoshdan kichik burchak masofasida joylashgan yuqori va oʻrta yarus bulutlarida paydo boʻladigan ranglar majmuasidan iborat optik hodisa. U koʻp hollarda yorugʻlik difraksiyasi bilan bogʻliq. U ranglar bir-biriga aralashgan holda yoki bulut konturlariga deyarli parallel boʻlgan, pastel yashil va pushti ranglar ustunlik qiladigan polosalar shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Quyosh diskining (yorugʻlik manbaining) irizatsiyali bulutlarga yaqinligi uni kuzatishni qiyinlashtiradi. Qutblangan quyosh koʻzoynagini taqish uni aniq koʻrish imkonini beradi.