gektopaskal (hPa)

100 paskalga teng bosim birligi. Paskal (Pa) Xalqaro birliklar tizimidagi (SI) bosim birligidir. Bir paskal bir nyuton (1 N) kuchning bir kvadrat metr yuzaga koʻrsatadigan bosimiga teng (1 Pa = 1 N/m2). Ushbu birliklar tizimida atmosfera bosimi gektopaskallarda ifodalanadi. Bir gektopaskal (1 hPa) bir millibarga (1 mb) teng. Meteorologiyada bosim anʼanaviy ravishda millibarlarda ifodalangan, biroq SI ning bosqichma-bosqich joriy etilishi bu birlikning isteʼmoldan chiqishiga olib keldi va gektopaskal standartga aylandi.

Bog‘liq atamalar: paskal (Pa)