D qatlam
Atmosferaning 60 dan 90 km gacha balandlikda joylashgan, faqat kunduzi namoyon boʻladigan va ionosferaning quyi qismini tashkil etuvchi mintaqasi. Yuqorida u E qatlam yoki Xevisayd qatlami bilan tutashadi. D qatlam yuqori yutish qobiliyatiga ega boʻlib, undan oʻtayotgan Quyosh nurlanishini susaytiradi. U samarali himoya qalqoni hisoblanadi.
Bog‘liq atamalar: ionosfera