termik depressiya

Yer yuzasining kuchli qizishi natijasida uning yaqinida hosil boʻladigan past bosim hududi. Termik depressiyalar yoz uchun xos boʻlib, bu paytda insolyatsiya eng yuqori boʻladi. Yer yuzasi kuchli qizishi bilan u bilan tutashgan havo ham isiydi va zichligi kamayishi natijasida koʻtarila boshlaydi. Yuqoriga koʻtarilib ketayotgan havo qoldirgan boʻshliq darhol atrofdagi hududdan kelgan havo bilan toʻldiriladi, natijada termik depressiya hosil boʻladi.

Bog‘liq atamalar: Konveksiya