albedo

Sirt tomonidan qaytarilgan yorugʻlik nurlanishining (odatda quyosh nurlanishining) unga tushayotgan nurlanishga nisbati. Odatda foizda (%) ifodalanadi va mazkur sirtning qaytarish qobiliyatini bilish imkonini beradi. Albedo asosan uchta omilga bogʻliq: qaytaruvchi sirtning tabiati, quyosh nurlarining tushish burchagi va tushayotgan nurlanishning toʻlqin uzunligi. Yangi yoqqan qorning albedosi 85% ga yetsa, oʻt-oʻlanda bu foiz 25% gacha, quruq tuproqda 10 dan 25% gacha, nam yerda 10% gacha, oʻrmon yoki changalzor soyaboni uchun esa atigi 5 dan 10% gacha tushadi.