rotor buluti

Aviatsiya tilida rotor deb ataladigan turbulent hujayra yoki valik bilan bogʻliq bulut boʻlib, u togʻ toʻsigʻining shamolga teskari tomonida, togʻ toʻlqinining choʻqqilari ostida hosil boʻladi. Yer yuzasiga yaqin boʻlgan bu quyi sathdagi havoning harorati va namlik miqdoriga qarab rotor buluti namoyon boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin. U hosil boʻlgan hollarda, zararsiz koʻrinadigan kichik parcha-toʻp buluti (fractus cumulus)dan tortib, qoʻrqinchli koʻrinishdagi katta valiksimon bulutgacha boʻlishi mumkin. Turbulentlik eng kuchli boʻlgan eng xavfli rotor – toʻlqinning birinchi choʻqqisi ostida, shamolga teskari tomonda togʻ tizmasi chizigʻidan taxminan 10-15 kilometr masofada paydo boʻladigan rotordir. Bu parvoz uchun juda xavfli zona boʻlib, uchuvchilar undan qochishlari kerak.