Q kodlari

XX asr boshida Britaniya hukumati tomonidan uning harbiy kemalari va qirgʻoq stansiyalari oʻrtasidagi aloqani osonlashtirish uchun yaratilgan kodlar toʻplami. Bu tizim dastlab radiotelegrafiya uchun ishlab chiqilgan, biroq asta-sekin turli sohalarga, jumladan, aviatsiyadagi radioaloqaga ham kengaygan. Q kodlarining har biri uchta harfdan iborat. Birinchisi identifikator boʻlib, barcha kodlarda u Q harfidir. Aviatsiyaga ajratilganlari QAA-QNZ oraligʻiga kiradiganlaridir va ular orasida uchuvchiga atmosfera bosimining turli moʻljallarini beruvchi bir nechtasi bor.