sovuq front
Sovuq havo massasining iliq havo massasini siqib, uning ostiga pona kabi kirib borishi va uni shiddat bilan yuqoriga koʻtarilishga majbur qilishi natijasida hosil boʻladigan front. Ob-havo xaritalarida u sovuq front yuzasi (SFY) bilan Yer yuzasining kesishish chizigʻiga mos keladi. Yuqorida qayd etilgan SFY iliq (oldingi) va sovuq (ortdagi) havo massalarini ajratib turuvchi zonadir. Grafik jihatdan u frontning harakat yoʻnalishiga qaragan koʻk uchburchaklar bilan qalin koʻk chiziq orqali tasvirlanadi. U bilan bogʻliq bulutlilik toʻp-toʻp (kumuliform) shaklda boʻlib, jala koʻrinishidagi, baʼzan momaqaldiroqli yogʻinlarni keltirib chiqaradi. Sovuq front oʻtishi bilan sovuq havo massasining kirib kelishi natijasida osmon sezilarli darajada ochiladi, shamol yoʻnalishini oʻzgartirib (soat mili boʻyicha yoki unga teskari burilib), shimoliy tashkil etuvchiga oʻtadi va atmosfera bosimi keskin va sezilarli darajada koʻtariladi. Ana shu ortdagi zonada baʼzan frontdan keyingi jalalar yogʻadi. Sovuq front oldida iliq front joylashgan boʻlib, ular iliq sektor deb ataladigan zona bilan ajratilgan. Ortdagi sovuq havoning siquvi sovuq frontning iliq frontga qaraganda tezroq harakatlanishiga sabab boʻladi. U iliq frontga yetib olib, uni quvib oʻtganda okklyuziya fronti yoki okklyuziya hosil boʻladi.
Bog‘liq atamalar: burun