Fata Morgana
Sarobning alohida holati boʻlib, unda ufqda joylashgan narsalarning tasviri koʻtarilib, teskari koʻrinishdan tashqari, ham gorizontal, ham vertikal yoʻnalishda buziladi. Demak, bu quyi va yuqori saroblarning xususiyatlari birlashadigan murakkab sarobdir. Uning nomi "pari Morgana" maʼnosini anglatuvchi italyancha ibora boʻlib, kelt mifologiyasiga koʻra shaklini oʻzgartirish qudratiga ega boʻlgan qirol Arturning oʻgay opasiga ishora qiladi. Bu qiziq ibora Italiya janubida nisbatan tez-tez Messina boʻgʻozida – Kalabriyani Sitsiliyadan ajratib turuvchi dengiz qismida – kuzatiladigan bunday optik aldanishni tavsiflash uchun qoʻllanila boshlagan. Bu hodisa haqidagi maʼlumotlar mumtoz davrlarga borib taqaladi.
Bog‘liq atamalar: sarob