ekstratropik siklon

Tropik va subtropik mintaqadan tashqarida hosil boʻladigan siklon. Uni ifodalash uchun umumiy «past bosim» va «depressiya» atamalaridan tashqari eng koʻp «past bosimli tizim» atamasi ishlatiladi. Uning asosiy xususiyati - ichida sovuq yadro va u bilan bogʻliq frontal tizimlarning mavjudligi.