Kemtreyl
Inglizcha chemical va trail soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan soʻz boʻlib, biz uni «kimyoviy iz» deb tarjima qilamiz. Uning mavjudligini ilgari suruvchi nazariyani 1990-yillardan buyon baʼzi odamlar (ularning soni Internet tufayli koʻpaygan) qizgʻin himoya qilib keladi; ular samolyotlar oʻtganda baʼzan qoldiradigan izlar aholiga zarar yetkazishga moʻljallangan zaharli kimyoviy moddalardan iborat deb hisoblaydi. Bu daʼvolarga koʻra, butun dunyoda ommaviy purkash amaliyotlarini oʻtkazish boʻyicha maxfiy reja mavjud boʻlib, uning inkor etib boʻlmas isboti yuqorida aytilgan samolyot izlaridir. Bu nazariyalar ilmiy hamjamiyat tomonidan rad etiladi, chunki ushbu fitna nazariyasining asosini tasdiqlovchi hech qanday dalil yoʻq.
Bog‘liq atamalar: kondensatsion iz / kontreyl