gidrometeor

Atmosfera orqali tushadigan (yomgʻir, qor, doʻl…), unda muallaq holda boʻladigan (bulut, tuman, dimiq), Yer yuzasida yoki erkin atmosferada joylashgan jismlarga oʻtiradigan (shudring, qirov, xira qirov) yoki shamol tomonidan yer yuzasidan koʻtariladigan (suv changi) suyuq yoki qattiq holatdagi suv zarralari majmuidan iborat meteor. Suvli meteor deb ham ataladi.

Bog‘liq atamalar: doʻl, yogʻin, shudring