balandlik

Yer yuzasini sanoq sathi sifatida olsak, aniqlamoqchi boʻlgan sath, nuqta yoki obyektning balandligi ular orasidagi vertikal masofadir. Faqat dengiz ustida boʻlgan alohida holatdagina balandlik va dengiz sathidan balandlik (altituda) mos tushadi, quruqlik ustida esa bu holat kuzatilmaydi. Obyektning balandligini uning vertikal oʻlchami bilan ham tenglashtirish mumkin, biroq bulutni nazarda tutadigan boʻlsak, meteorologik kuzatuvlarda uning asosi joylashgan balandlik (agar uning gorizontal yoyilishi sezilarli boʻlsa) shunday deb hisoblanadi, bu bulutlar shifti deb ataladi.