calvus (cal)

Cumulonimbus (Cb) bulut turkumi namoyon qilishi mumkin boʻlgan ikki tur(species)dan biri - ikkinchisi capillatus (cap). U yuqorida aytilgan bulutning yuqori qismida aniq boʻrtiqlarsiz yoki sirrsimon bulut "sochi"siz, koʻrinishidan silliq, oq rangli kontur bilan tavsiflanadi. Bu lotincha soʻz kal, taqir yoki yalangʻoch degan maʼnoni bildiradi. Calvus kumulonimbuslar odatda tropopauzaga yetib bormaydi, yetib borgan holatda esa shu atmosfera sathidan yuqorida hukmron boʻlgan kuchli shamollar bulut choʻqqisini deformatsiyalaydi va u oʻziga xos sandon shaklini oladi (Cb incus).