Borey
Yunon mifologiyasida shimol shamol-xudosiga berilgan nom; undan borrasca (past bosim tizimi/boʻron), boira yoki bora kabi soʻzlar kelib chiqqan. Afinadagi Shamollar minorasida u qanotli, soqolli, sochlari yoyilgan va toʻzgʻigan, tunikaga oʻralgan va oʻng qoʻlida chigʻanoq ushlab turgan qariya sifatida tasvirlangan. Qadimgi shamollar guli (rumb)da bu sovuq va shiddatli shamol shimoli-sharqdan esadigan shamol bilan bir deb hisoblangan. Rim mifologiyasidagi uning muqobili shamol-xudo Akvilon edi.